Savollar - Javoblar

    Bepanten plyus kremi yuzni kichik yaralarini davolash va zararsilantirish uchun qo’llaniladi. Preparat kuyishlar, shilinishlar, kesishlar, yoriqlar va boshqa mayda teri shikastlanishlari bo'lganda qo'llanilishi mumkin. Bepanthen plyus kremini kuniga bir necha marta yuzning zararlangan qismiga yupqa qavat bilan, ko'zlar, quloqlar va shilliq qavatlarga tegmasligini oldini olgan xolda, surtiladi.

    Ayollar va erkaklar uchun Bepanten preparatini qo'llash bo’yicha o’ziga xosligi farq qilmaydi. Preparat doimiy ravishda salbiy ekologik omillarga duchor bo'lgan kundalik terini parvarish qilish uchun ham to’g’ri keladi. Bepanten kremi quruq terini, shu jumladan turli xil etiologiyali dermatitlarini davolash va oldini olish uchun ko'rsatilgan.

    Bepanten surtmasi va kremining (shu jumladan Bepanten Plyus) yaroqlilik muddati tubada ko'rsatilgan ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yilni tashkil etadi. Shu bilan birga, Bepanten kremi va surtmasi 25 ° C dan yuqori bo'lmagan muhit haroratida saqlanishi mumkin. Ochilgandan so'ng, yaroqlilik muddati o'zgarmaydi va tubada ko'rsatilgan sana bilan cheklangan bo'lib qoladi.

    Qo’llash bo'yicha yo’riqnomaga ko'ra, Bepanten kremi va surtmasi, yoshidan qat'i nazar, bolalarga qo’llash mumkin. Bepantenni yangi tug'ilgan chaqaloqning yuziga quruq teri, qizarish yoki ta’sirlanishda surtish mumkin.

    Terlash teri bezlarining chiqaruv yo’llarining faoliyati buzilishi natijasida toshma toshish rivojlanadi. Ko'pincha yangi tug'ilgan chaqaloqlarda va emizish yoshidagi bolalarda uchraydi.
    Qo’llash bo'yicha yo’riqnomaga ko'ra, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda terlash oqibatidagi toshma toshishda Bepanten qo’llanilmaydi. Ba'zi hollarda shifokor kasallikning yondosh ko’rinishlarini bartaraf etish uchun Bepanten krem yoki surtmasini buyurish mumkin.

    Специально для ухода за кожей губ разработана помада и бальзам Бепантен Дерма. Помада питает и увлажняет сухую и потрескавшуюся кожу, защищает ее от ультрафиолетовых лучей (степень защиты SPF 50). Мазать губы Бепантеном можно (Бепантен Дерма) и с целью предотвращения преждевременного старения. Этот эффект достигается за счет витамина Е, который обладает выраженными антиоксидантными свойствами. В составе также содержится пчелиный воск и оливковое масло, которые тоже благоприятно сказываются на состоянии кожи губ.

    Terining qichishi turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin. Agar bu simptom quruq teri natijasida rivojlangan bo'lsa, Bepanten qatori vositasi uni namlantirib bartaraf etishga yordam beradi. Boshqa hollarda, krem, surtma va Bepantenning boshqa vositalari samarasiz bo'ladi.

    Quyoshdan kuyish uchun Bepanten kattalar va bolalarda qo’llanilishii mumkin. Preparatning asosiy komponenti - dekspantenol teridagi tiklanish jarayonlarning normal kechishi uchun zarur bo'lgan pantotenat kislotasiga metabolizmga uchraydi. Quyoshdan kuyishda krem Bepanten, shu jumladan homilador ayollar uchun, shuningdek, emizish davrida, shikastlangan terini namlantirish uchun qo’llaniliishi mumkin. Preparat yaxshi o’zlashtiriladi va juda kam hollarda allergik reaktsiyalar yuzaga kelishiga olib keladi.

    Крем и мазь Бепантен от рубцов и шрамов не применяют, так как в составе препарата отсутствуют компоненты, которые способствовали бы устранению данных дефектов кожи.

    Allergik reaktsiyalar organizmning ba'zi moddalarga individual o’ta yuqori sezuvchanligi natijasida paudo bo`ladi, boshqa har qanday dori vositalariga allergiya bo`lganidek, Bepantenga xam bo'lishi mumkin. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, preparat odatda yaxshi o’zlashtiriladi va juda kam hollarda allergik reaktsiyalar rivojlanadi.

    Surtmani emizish vaqtida ko'krakni parvarish qilish maqsadida, shuningdek, og'riqli hislar bilan birga kechadigan so’rg’ichlar quruqligi va yoriqlari paydo bo'lganda foydalanish kerak. Bepanten surtmasi har bir emizishdan keyin zararlangan joylarga (so’rg’ich areolasi) yupqa qavat bilan suritiladi. Emizishdan oldin, surtmani yuvish kerak.

    Yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun Bepanthen Plyus kremi kattalardagi kabi ko'rsatkichlar, ya'ni kuyishlar, yaralar, shilinishlar, kesishlar va infektsiya xavfi bo'lgan boshqa teri shikastlanishlari uchun ishlatilishi mumkin. Preparat sirtga qo'llaniladi. Zararlangan soxaga kuniga bir martadan bir necha marta yupqa qavat qilib suritiladi.