TIBBIYOTDA QOʼLLANILISHIGA DOIR YOʼRIQNOMA BEPANTHEN®

Preparatning savdo nomi

Bepanthen®

Halqaro patentlanmagan nomi

Dekspantenol

Dori shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi

Faol modda: dekspantenol 50 mg.
Yordamchi moddalar: setil spirti, stearil spirti, oq asalari mumi (E901), oq yumshoq parafin, bodom moyi, suyuq parafin, lanolin (E913), protegin X, tozalangan suv.

Ta’rifi

Sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos lanolin hidli gomogen surtma.

Farmakoterapevtik guruhi

Jarohatlar va yaralarni davolash uchun preparatlar. Jarohatlarni bitkazuvchi preparatlar, boshqalar.

ATX kodi: D03AX03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Dekspantenol pantoten kislotasining spirtli analogi bo‘lib hisoblanadi va xuddi shunday biologik faollikka ega. Dekspantenol xujayralarga kiradi va pantoten kislotasiga aylanadi, u B5 vitaminiga o‘xshash samara namoyon qiladi.

Pantoten kislotasi va uning tuzlari suvda eruvchan vitamin bo‘lib hisoblanadi, atsetilkoenzim A tarkibiga kiradi va ko‘pgina almashinuv jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, dekspantenol teri va shilliq qavatlarni shakllanishi va regeneratsiyasi uchun zarur bo‘lgan organizmning pantoten kislotasiga bo‘lgan yuqori ehtiyojini qondirishi mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Dekspantenol teri tomonidan tez so‘riladi. Dekspantenol pantoten kislotasiga aylanadi va vitaminning endogen qismi bilan birlashadi.

Taqsimlanishi

Qonda pantoten kislotasi plazma oqsillari (ayniqsa β-globulin va albumin) bilan bog‘alanadi.

Chiqarilishi

60-70% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan, qolgan qismi me’da-ichak yo‘llari (MIY) orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Terining mayda shikastlanishlarida: yengil kuyishlar va shilinishlarda bitish jarayonlarini faollashtirish; radio-, fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terini ta’sirlanishi; surunkali yaralar, yotoq yaralar, anal yoriqlar, terini ko‘chirib o‘tkazish va bachadon bo‘yni eroziyasida; kortikosteroidlar bilan davolaganda.

Quruq va yorilgan terini parvarish qilish. Emizikli bolalarda terini bichilishini oldini olish va davolash.

Emizish davrida sut bezlarini muntazam parvarish qilish, so‘rg‘ichlarda og‘riq yoki yoriqlarni davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llanadi. Surtma zaruratga qarab kuniga bir yoki undan ko‘proq marta surtiladi.

Emizikli onalarda sut bezlarini parvarish qilish: har bir emizgandan keyin so‘rg‘ichlarga surtiladi.

Emizikli bolani parvarish qilish: taglik har bir almashtirilganda surtiladi.

Davolash davomiyligi kasallikning turli va kechishiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta’sirlari

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar spontan xabarlarga asoslangan. Ularning har birini aniq uchrash tez-tezligini aniqlash imkoni yo‘q.

Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan teri – kontakt dermatit, allergik dermatit, qichishish, eritema, ekzema, toshma, eshakemi, terini ta’sirlanishi, pufakli toshma kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda go’llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri holatlari noma’lum.

Boshqa o‘zaro ta’sirlar:

Genital yoki anal sohadagi yaralarn davolaganda surtmadagi yordamchi moddalar lateks prezervativlarning mustahkamligini pasayishiga va yorilishiga, shu orqali ularning xavfsizligini pasayishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

 

 

 

Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

 

 

 

Lanolin, stearil va setil spirti terini ta’sirlanishi (masalan kontakt dermatit) chaqirishi mumkin.

 

 

 

Surtmani ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.

 

 

 

Homiladorlik va laktatsiya davri

 

 

 

Homiladorlik va emizish davrida surtmani qo‘llash bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q.

 

 

 

Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi

 

 

 

Ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

 

 

 

Dekspantenol hatto yuqori dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi va toksik bo‘lib hisoblanmaydi.

 

 

 

Chiqarilish shakli

 

 

 

Alyumin tuba 3,5 g, 30 g yoki 100 g. Tuba tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

 

 

Saqlash sharoiti

 

 

 

25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

 

 

Yaroqlilik muddati

 

 

 

3 yil. O’ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

 

 

 

Retseptsiz.

 

 

 

Ishlab chiqaruvchi, manzili

 

 

 

GP Grensax Produksions GmbX, Emil-Barell-Shtrasse 7, D-79639 Grensax-Vilen, Germaniya

 

 

 

Ro‘yhatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi

 

 

 

Bayer Konsyumer Ker AG, Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveysariya

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:

 

 

 

«SINOMED»
100017, O`zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., S-5, kottej- 155.
Tel.: +99871 244-96-00;
faks: +99871 244-95-47.
Е-mail: info@sinomed.uz