Bepanthen® Derma Lablar uchun malham yo'riqnomasi

Bepanten® Derma Lablar uchun Tiklovchi malham maxsulotini qo'llash bo'yicha ma'lumot

Chiqarilish shakli: Idish 7,5 ml dan karton qutida.

 

Lablarning quruq, yorilgan terisi parvarishi va himoyasi uchun

Bepanten® Derma Lablar uchun Tiklovchi malham lablar terisini uzoq vaqt davomida namlaydi va oziqlantiradi, shuningdek sovuq, shamol, quruq havo kabi tashqi salbiy ta'sirlardan himoyani ta'minlaydi.

Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi malham quruq yorilgan lablar tiklanishiga ko'maklashgan holda, lablarni yumshoq va silliq qiladi. Lablar uchun tiklovchi Malham tarkibida aromatizatorlar, propilenglikol, parabenlar, parafin, silikon moylari yo'q va lablar sezuvchan terisi uchun mos keladi.

 

Lablar terisi shikastlanishini nima keltirib chiqaradi?

Lablar terisi shikastlanishi terining tabiiy to'siq funksiyasi susaygani hisobiga yuzaga keladi. Bu funksiya terini tashqi ta'sir va quruqlashishdan asraydigan muguz qavati hisobiga amalga oshiriladi.

Lablar terisining muguz qavati yuz terisi muguz qavatiga qaraganda juda yupqa, shuning uchun aynan lablar terisi yuz terisi qismlari ichida eng sezuvchani hisoblanadi.

Sovuq, shamol, quruq havo va boshqa agressiv omillar sababli lablar terisining muguz qavatini shikastlashi mumkin, buning oqibatida u namlikni, tiklanish qobiliyatini yo'qotadi, quruq va yorilgan bo'lib qoladi.

Lablarning yupqa terisi doimo tashqi muhit ta'siri ostida bo'ladi va shuning uchun samamrali va ishonchli parvarishga muhtoj.

 

Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi Malham nima va u qachon qo'llaniladi?

Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi Malham - bu tarkibida terining tabiiy tiklanish jarayonini tezlashtiradigan va uning tez namlanishini ta'minlaydigan provitamin B5 saqlaydigan malham. Tarkibida vitamin E borligi tufayli antioksidant ta'sirga ega - erkin radikallar ta'siridan himoya qiladi. Shuningdek tarkibida teri tarrangligini oshiradigan asalari mumi bor.

Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi Malham lablar terisini samarali parvarishlaydi. U lablar terisini tashqi muhit salbiy ta'sirlaridan asragan holda, quruq va yorilgan lablarni tiklaydi, shu jumladan yilning sovuq vaqti va kuchli quyosh nurlanishida ham. Mutaxassislar nazorati ostida tekshiruvdan o'tgan.

 

Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi malhmani qanday qo'llash kerak?

Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi Malham lablarga bir tekisda suriladi va to'liq singishi uchun biroz ishqalab qo'yiladi.

Malhamni zarur bo'lganda kuniga bir necha marta surish mumkin, hamda uyqudan oldin.

Har kuni ishlatish uchun to'g'ri keladi. Tashqi qo'llash uchun.

 

Qanday hollarda Bepanten® Derma Lablar uchun tiklovchi Malhamni qo'llash mumkin emas?

Malhm uning tarkibiga kiradigan qismlarining bittasi yoki bir nechtasiga yuqori sezuvchanlik bo'lsa, qo'llanilmasin. Agar allergik reaksiyalar paydo bo'lsa, malhamni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Malham shilliq qavatlarga yoki qoplami butunligi buzilgan (ochiq jarohatli) teriga surilmasin.

 

Tarkibi (INCI)

Aqua, Sorbitol, Glycerin, Isohexadecane, Caprylic/Capric Triglyceride, PEG-30 Dipolyhydroxy Stearate, Cera Alba, Cetearyl Alcohol, Panthenol, Glycine, Tocopheryl Acetate, Glyceryl Dibehenate, Hydrogenated Palm Kernel Glycerides, Phenoxyethanol, Tribehenin, Glyceryl Behenate, Capryloyl Glycine, Triticum Vulgare, Sodium Lactate, Ceramide 3, Cholesterol, Lecithin, Polysorbate 80, Alcohol, Magnesium Sulfate, Sodium Hydroxide.

 

Saqlash shartlari

25 ºС haroratdan yuqori bo'lmagan sharoitda.

Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin vositadan foydalanilmasin.

 

Ishlab chiqaruvchi

Grensax Produksions GmbH DK,
Emil-Barell-Shtrasse 7, 79639 Grensax-Vilen, Germaniya
Bayer Konsyumeg Ker AG uchun, 4052 Bazel, Peter Merian Shtrasse 84, Shveysariya.

 

Iste'molchilarning shikoyatlarini qabul qilishga vakolatli tashkilot:

«BAYER» AJ
107113, Rossiya, Moskva sh. 3-Ribinskaya ko'chasi, 18 uy, 2 b.
Tel.: +7 (495) 231-12-00, faks: +7 (495) 231-12-02.
www.bayer.ru

Bepanten Derma lablar uchun Tiklovchi Malham

Chiqarilish shakli

7,5 ml

CH-20230622-82