Bepanthen® Derma oyoqlar uchun Krem yo'riqnomasi

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi Krem maxsulotini qo'llash bo'yicha ma'lumot

Chiqarilish shakli: 100 ml

 

Oyoqlarning juda quruq va dag'allashgan terisini har kungi parvarishi uchun.

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi Krem oyoqlar terisini yumshatadi, namlantiradi va jadal oziqlantiradi, teri himoya to'sig'ining tabiiy tiklanishiga ko'maklashadi.

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi Krem oyoqlar terisini haddan ziyod muguzlanishdan asragan holda, uni silliq va egiluvchan qiladi. Yangi qadoqlar hosil bo'lishini kamaytirishga yordam beradi.

Qandli diabetda oyoq kafti terisini parvarishlashda to'g'ri keladi.

Mutaxassislar nazorati ostida tekshiruvdan o'tgan.

 

Oyoqlar terisi quruqligining sababi nima bo'lishi mumkin?

Epidermis - bu terining eng yuqori qavati, tashqi muhit ta'siridan asraydi. Epidermisning tashqi qavati muguz qavat. Muguz qavati namlikning me'yordan ortiq yo'qolishining oldini oladi va shu tariqa terining to'siq vazifasi shakllanishida ishtirok etadi.

Oyoq kafti terisida ter bezlari ko'pligi tufayli oyoq kiyim kiyganda tez-tez nam muhit hosil bo'ladi, bu muguz qavatining yumshashiga va himoya to'sig'ining buzilishiga olib keladi. Buning oqibatida oyoqdagi teri quruq, g'adir-budur, dag'al bo'lishi yoki yorilishi mumkin. Oyoq kaftlari terisining haddan ziyod ishqalanishi va ezilishiga olib keladigan tor oyoq kiyimni kiyib yurish og'riqli qadoqlar hosil bo'lishigacha muguz qavatining dag'allashishi va qalinlashishini keltirib chiqarishi mumknin.

 

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi Krem nima?

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi Krem - yoqimli teksturaga ega va xushbo'y kundalik foydalanish uchun krem. Krem tez singadi.

Krem o'z ta'sirini uning tarkibidagi komponentlar hisobiga amalga oshiradi:

Provitamin B5 (2,55%) terining tabiiy tiklanishi jarayonini tezlashtiradi va uning namlanishini ta'minlaydi.

Mochevina (5%) va glitserin namlikni saqlaydi va terini yumshatadi.

Fiziologik lipidlar va to'yinmagan yog' kislotalari terining himoya vazifasini qo'llab turadi.

 

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi kremni qanday qo'llash kerak?

Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi kremni oyoqlar toza terisiga muntazam ertalab va kechqurun surish kerak. Har kuni ishlatish uchun to'g'ri keladi.

Tashqi qo'llash uchun.

 

Qanday hollarda Bepanten® Derma oyoqlar uchun tiklovchi kremni qo'llash mumkin emas?

Krem uning tarkibiga kiradigan qismlarining bittasi yoki bir nechtasiga yuqori sezuvchanlik bo'lsa, qo'llanilmasin. Allergik reaksiyalar paydo bo'lganda, kremni qo'llsh to'xtatilsin va shifokorga murojaat qilinsin.

Krem shilliq qavatlarga yoki qoplami butunligi buzilgan (ochiq jarohatli) teriga surilmasin.

 

Tarkibi (INCI)

Aqua, Glycerin, Urea, Limnanthes Alba Seed Oil, Cetyl Alcohol, Caprylic/Capric Triglyceride, Panthenol, Polyglyceryl-3 Methylglucose Distearate, Ethylhexyl Stearate, Tocopheryl Acetate, Salicylic Acid, Glyceryl Stearate Citrate, Phenoxyethanol, Hydroxyethyl Acrylate/Sodium Acryloyldimethyl Taurate Copolymer, Squalane, Sodium PCA, Sodium Lactate, Sodium Hydroxide, Xanthan Gum, Parfum, Allantoin, Tocopherol, Lecithin, Ascorbyl Palmitate, Glyceryl Stearate, Glyceril Oleate, Niacinamide, Glycine, Fructose, Citric Acid, Inositol, Pantolactone, Sodium Benzoate.

 

Saqlash shartlari

25ºС haroratdan yuqori bo'lmagan sharoitda.

Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin vositadan foydalanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Idish 100 ml dan karton qutida.

 

Ishlab chiqaruvchi

Grensax Produksions GmbH DK,
Emil-Barell-Shtrasse 7, 79639 Grensax-Vilen, Germaniya
Bayer Konsyumeg Ker AG uchun, 4052 Bazel, Peter Merian Shtrasse 84, Shveysariya.

 

Iste'molchilarning shikoyatlarini qabul qilishga vakolatli tashkilot:

"BAYER" AJ
107113, Rossiya, Moskva sh. 3-Ribinskaya ko'chasi, 18 uy, 2 b.
Tel.: +7 (495) 231-12-00, faks: +7 (495) 231-12-02.
www.bayer.ru

: Bepanten Derma oyoqlar uchun Tiklovchi Krem

Chiqarilish shakli

100 ml

CH-20230622-82