Bepanthen® Derma Qo'llar uchun malham yo'riqnomasi
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malham maxsulotini qo'llash bo'yicha ma'lumot
Chiqarilish shakli: 50 ml
Qo'llarning juda quruq va sezuvchan terisini har kuni parvarishlash uchun.
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malham qo'llarning quruq, dag'al yoki yorilgan terisi parvarishini ta'minlaydi.
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malham qo'llar terisini yumshatadi, namlantiradi va oziqlantiradi, terining himoya to'sig'i tabiiy tiklanishiga yordam beradi.
Qo'llar terisi quruqligining sababi nima bo'lishi mumkin?
Terining himoya to'sig'i shikastlanganda, masalan, suv, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari sababli yoki tashqi salbiy ta'sirlardan teri namlikni yo'qotadi va quruq, dag'al bo'lib qoladi, mikroyoriqlar, tortilganlik hisi, sho'ralash paydo bo'ladi.
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malham nima?
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malham - bu yog'siz tarkibiy tuzilishga va yoqimli hidga ega bo'lgan har kuni qo'llash uchun malham. Malham terida yoqimli soflik hisini qoldirib, tez singadi.
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malham qo'llar terisini tashqi ta'sirlardan (masalan, yuvish vositalari yoki sovuqdan) samarali himoyalaydi.
Malham o'z ta'sirini tarkibidagi terida vitamin B5 ga aylanadigan provitamin B5 hisobiga amalga oshiradi, buning bilan terining tabiiy tiklanishini tezlashtiradi va uning chuqur namlanishini ta'minlaydi.
Mutaxassislar nazorati ostida tekshiruvdan o'tgan.
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malhamni qanday qo'llash kerak?
Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malhamni qanday qo'llash kerak? Har kuni ishlatish uchun to'g'ri keladi.
Tashqi qo'llash uchun.
Qanday hollarda Bepanten® Derma Qo'llar uchun Tiklovchi malhamni qo'llash mumkin emas?
Malham uning tarkibiga kiradigan qismlarining bittasi yoki bir nechtasiga yuqori sezuvchanlik bo'lsa, qo'llanilmasin. Allergik reaksiyalar paydo bo'lganda, malhamni qo'llsh to'xtatilsin va shifokorga murojaat qilinsin.
Malham shilliq qavatlarga yoki qoplami butunligi buzilgan (ochiq jarohatli) teriga surilmasin.
Tarkibi (INCI)
Aqua, Panthenol, Octyldodecanol, Propylene Glycol Dicaprylate/Dicaprate, Cetyl Alcohol, Glyceryl Stearate, Stearyl Alcohol, Ceteareth-12, Ceteareth-20, Dimethicone, Pantolactone, Parfum, Chlorhexidine Dihydrochloride.
Saqlash shartlari
30ºС haroratdan yuqori bo'lmagan sharoitda.
Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 30 oy. Ochilgan idish 24 oy saqlansin.
Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin vositadan foydalanilmasin.
Chiqarilish shakli
Idish 50 ml dan karton qutida.
Ishlab chiqaruvchi
Grensax Produksions GmbH DK,
Emil-Barell-Shtrasse 7, 79639 Grensax-Vilen, Germaniya
Bayer Konsyumeg Ker AG uchun, 4052 Bazel, Peter Merian Shtrasse 84, Shveysariya.
Iste'molchilarning shikoyatlarini qabul qilishga vakolatli tashkilot:
«BAYER» AJ
107113, Rossiya, Moskva sh. 3-Ribinskaya ko'chasi, 18 uy, 2 b.
Tel.: +7 (495) 231-12-00, faks: +7 (495) 231-12-02.
www.bayer.ru

Chiqarilish shakli
50 ml
CH-20230622-82