Bepanthen® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon yo'riqnomasi

Bepanten® Derma tana uchun Tiklovchi Losyon maxsulotini qo'llash bo'yicha ma'lumot

Chiqarilish shakli: 200 ml

 

Juda quruq va sezuvchan terining jadal parvarishi uchun.

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon terini jadal oziqlab va tiklab, uni silliq, yumshoq va elastik qiladi. Terining tortilganlik hisini kamaytiradi.

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon terining himoya to'sig'ini tabiiy tiklanishiga ko'maklashadi.

Qandli diabetda terini parvarishlashda ishlatilishi mumkin.

 

Terining quruqligiga sabab nima bo'lishi mumkin?

Terining himoya funksiyasi epidermisning tashqi qavati - namlikning ortiqcha yo'qolishini oldini oladigan va tashqi muhitdan asraydigan muguz qavati hisobiga amalga oshiriladi.

Terining quruqligiga uning tabiiy himoya to'sig'ini shikastlovchi quruq havo, sovuq, issiq, shamol, tez-tez dush qabul qilish yoki yuvinish kabi tashqi omillar sabab bo'lishi mumkin.

Terining quruqligi individual moyillik va moddalar almashinuvining buzilishi, masalan, qandli diabet oqibatida ham bo'lishi mumkin.

Himoya to'sig'i vazifasi buzilganda, teri namlikni yo'qotadi, quruq, g'adir-budur bo'lib qoladi, sho'ralash yoki hattoki yorilishni boshlashi ham mumkin.

Odatda, bunday sharoitda terining tiklanishga tabiiy qobiliyati yetarli bo'lmay qoladi.

 

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon nima va u qachon qo'llaniladi?

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon - bu quruq va juda quruq terini har kuni parvarishlash uchun losyon. Losyon yoqimli tarkibkiy tuzilishga ega va tez singadi.

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon tarkibida quyidagi tarkibiy qismlar bo'lgani hisobiga u teriga kompleks parvarishni ta'minlab beradi:

  • Provitamin B5 teri himoya to'sig'ining tabiiy tiklanishiga yordam beradigan tiklanish jarayonlarini faollashtiradi.
  • HYDROVITON faol majmui (mochevina, gliserin, allantoin, aminokislotalar, laktat va boshqa moddalardan majmua) terini yumshatadi va unda namlik ushlab qolinishiga ko'maklashadi.
  • Lipidlarning yuqori konsentratsiyasi (29%) terining to'siq vazifasini qo'shimcha qo'llab turadi.

Mutaxassislar nazorati ostida tekshiruvdan o'tgan.

 

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyonni qanday qo'llash kerak?

Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyonni tanaga bir xilda taqsimlab, har safar dush yoki hammomdan so'ng surish kerak. Zarur bo'lganda surish takrorlansin. Har kuni ishlatish uchun to'g'ri keladi.

Tashqi qo'llash uchun.

 

Qanday hollarda Bepanten® Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyonni qo'llash mumkin emas?

losion uning tarkibiga kiradigan qismlarining bittasi yoki bir nechtasiga yuqori sezuvchanlik bo'lsa, qo'llanilmasin. Allergik reaksiyalar paydo bo'lganda, qo'llshni to'xtatish va shifokorga murojaat qilinsin.

losion shilliq qavatlarga yoki qoplami butunligi buzilgan (ochiq jarohatli) teriga surilmasin.

 

Tarkibi (INCI)

Aqua, Paraffinum Liquidum, Ethylhexyl Stearate, Petrolatum, Cetearyl Ethylhexanoate, Panthenol, PEG-22/Dodecyl Glycol Copolymer, Propylene Glycol, Sorbitan Oleate, Pentylene Glycol, Glycerin, Sodium Lactate, Lactic Acid, Serine, Urea, Sorbitol, Sodium Chloride, Allantoin, Magnesium Sulfate, Phenoxyethanol, Isopropyl Myristate, Pantolactone, Parfum, Lanolin Alcohol, Cetearyl Alcohol.

 

Saqlash shartlari

25ºС haroratdan yuqori bo'lmagan sharoitda.

Bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin vositadan foydalanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Plastik idish 200 ml dan karton qutida.

 

Ishlab chiqaruvchi

Grensax Produksions GmbH DK,
Emil-Barell-Shtrasse 7, 79639 Grensax-Vilen, Germaniya
Bayer Konsyumeg Ker AG uchun, 4052 Bazel, Peter Merian Shtrasse 84, Shveysariya.

 

Iste'molchilarning shikoyatlarini qabul qilishga vakolatli tashkilot:

"BAYER" AJ
107113, Rossiya, Moskva sh. 3-Ribinskaya ko'chasi, 18 uy, 2 b.
Tel.: +7 (495) 231-12-00, faks: +7 (495) 231-12-02.
www.bayer.ru

Bepanten Derma tana uchun Oziqlantiruvchi losyon

Chiqarilish shakli

200 ml

CH-20230622-82