Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda taglik toshmalari: nima bilan va qanday davolash
Mundarija:
- Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda taglik toshmalarini tashxislash
- Taglik toshmalarining og'irlik darajalari va rivojlanish bosqichlari
- Ehtimoliy asoratlar
- Taglik toshmalar nima bilan davolash mumkin
- Asoratlarni davolash
Taglik toshmalarini bekorga «taglik dermatiti deb» atashmaydi - ko'pincha ular yangi tug'ilgan va emizikli yoshdagi chaqaloqlarda paydo bo'ladi. Bu ular terisining o'ziga xosligi bilan bog'liq: kattalar organizmini tashqi ta'sirdan ishonchli himoya qiladigan tashqi muguz qavati bolalarda juda yupqa, unda kichik jarohatlar va yallig'lanishlar paydo bo'lishi oson. Bunga qo'shimcha ravishda bolalarda yog' bezlari hali yetilmagan, teri Ph si esa faqatgina 3-oyga borib barqarorlashadi - shuning uchun yallig'lanish o'choqlari hatto to'g'ri parvarishda ham shunday oson paydo bo'ladi. Hayot tarzi ham emizikli bolalarda yorgak toshmalari paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin: yuvinish vositalari bilan tez-tez yuvintirib turish, terining himoya vazifasini bajaradigan lipid (yog') qavatini yemiradi, tagliklardan foydalanilgandagi namlik bilan muqarrar aloqa yallig'lanish jarayonlari ruvojlanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi2.
O'z-o'zidan ham taglik toshmasi go'dakka noqulaylik tug'diradi, shuningdek umumiy ahvoli yomonlashishiga olib kelishi mumkin. O'z vaqtida ko'rsatilmagan yordam haqiqatan jiddiy muammoga aylanib qoladigan yuqumli asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlarda taglik toshmalarining oldini olish va to'g'ri davolash juda muhim.2.
Mundarija:
Taglik toshmalarini payqash qiyin emas: go'dakni cho'miltirgandan so'ng o'ziga xos qizarishlarni ilg'ash uchun ota-onalarga har doim uning terisini diqqat bilan ko'zdan kechirish tavsiya qilinadi. Lekin teridagi o'zgarishlarni turli sabablar keltirib chiqarishi mumkin, bir qator hollarda tashxislash va to'g'ri davolash uchun shifokor yordami kerak bo'ladi.
Taglik toshmalarining2,3farqli belgilari:
- Tanada joylashishi
Taglik toshmalar odatda teri burmalarida paydo bo'ladi (qo'ltiq ostida, chovda, dumbalar o'rtasida), ya'ni ishqalanish va yuqori namlik bo'lgan joyda. Bola jinsi bilan bog'liq bo'lgan farqlar bor: o'g'il bolalarda taglik toshmalar ko'proq moyak sohasida, qizlarda - oyoqlar orasida hosil bo'ladi. Yuz, qo'llarda, oyoqlardagi qizarishlar boshqa sabablar tufayli kelib chiqadi. - Tashqi ko'rinishi
Taglik toshmalarining boshlang'ich bosqichlari shish tufayli terining qolgan qismiga nisbatan biroz ko'tarilib turadigan, aniq chegaralari bo'lmagan qizarish (giperemiya) joyi bilan ifodalanadi. Rang yaqqoligi - pushtidan och qizil va ko'kimtirgacha. Agar infeksiya qo'shilsa, qizargan joy yuzasida namlik, yoriqchalar, yonida esa - yiringchalar, toshma paydo bo'ladi. Bu o'zgarishlar go'dakka noqulaylik tug'diradi, chunki og'riq va qichishish bilan birga keladi. - Elementlar paydo bo'lish tezligi va ketma-ketligi
Qizarish ketidan yiringchalar va yaralar hosil bo'lishi mumkin. Agar bolada toza, qizarmagan terisida toshma elementlari paydo bo'lgan bo'lsa - bu taglik toshmalari emas. Ba'zida qizarishlar, shu jumladan burmalardagilari ham, o'tkir allergik reaksiyalar bilan bog'liq. Bunday holda teridagi dog'lar tez paydo bo'ladi, o'lchami kattalashadi va o'zaro qo'shilib ketadi.
Agar ota-onalarda ikkilanishlar paydo bo'lsa, pediatr bilan maslahatlashgan yaxshiroq.
Taglik toshmalarining 2,3og'irlik darajalari va rivojlanish bosqichlari
- 1 daraja: maydoni katta bo'lmagan, yorqin bo'lmagan qizarish.
- 2 daraja: yaqqol qizarish, teri yuzasida eroziyalar va yoriqlar paydo bo'ladi.
- 3 daraja: yaralar, yiringchalar hosil bo'lishi, yallig'langan joy yorqin qizil, uning yuzasida namlik paydo bo'ladi, bolaning umumiy ahvoli buziladi - yomon uxlaydi, og'riq va qichishishdan injiqlik qiladi.
Boshlang'ich bosqichlarda taglik toshmasini mustaqil davolash mumkin. 3-og'irlik darajasida mutaxassis yordamisiz bo'lmaydi.
Ehtimoliy asoratlar2,3
Taglik toshmalarining asoratlari har doim infeksiya qo'shilishi bilan bog'liq. Yallig'lanish joyida mahalliy immunitet susayadi, odatda muammo tug'dirmaydigan mikroorganizmlar faol ko'payishni boshlaydi. Ko'pincha yiringli asoratlarga sabab: stafilokokklar, streptokokklar va kam hollarda - Candida turi zamburug'lari bo`ladi.
Asoratlarda yallig'langan joy yanada yorqin bo'lib qoladi, u aniq chegaralrga ega bo'ladi, shish ko'payadi. Yuzada mikroyoriqlar va yaralar, yiringli (sariq) yoki zamburug'li (oq tvorogga o'xshash) qoplamli eroziyalar paydo bo'ladi. Bakterial infeksiyada taglik toshmalari atrofida ko'pincha yiringchali toshma paydo bo'ladi. Asoratlar qichishish va achishish, ba'zida hatto tana harorati oshishini chaqiradi, shuning uchun bola bezovta bo'lib qoladi, tez-tez yig'laydi, yaxshi uxlamaydi va yaxshi ovqatlanmaydi.
Taglik toshmalarini 2,3,4nima bilan davolash mumkin
Taglik toshmalarini davolash va ularni bartaraf qilish muddatlari bevosita kasallikning namoyon bo'lish darajasi bilan bog'liq. Boshlang'ich bosqichlarida mahalliy ta'sir qiladigan preparatlardan foydalaniladi: yoqimsiz alomatlar terapiyaning 2-3-kuniga yo'qoladi. Agarda yuqumli asorat yuzaga kelgan bo'lsa, shifokor, katta ehtimollik bilan, jiddiyroq medikamentoz vositaga ko'rsatma beradi: antibiotik yoki zamburug'ga qarshi preparat. Shuning uchun yangi tug'ilgan bolalarda taglik toshmalarini qizarishning ilk belgilaridanoq davolashni boshlash muhimdir.
Taglik toshmalarning 1-2-bosqichlarini davolashda eng asosiysi - bola terisini to'g'ri parvarishlash.
- tagliklarni muntazam almashtirib turish;
- bolani har bir najasdan so'ng yuvintirish;
- suv bilan aloqadan so'ng terini gazlama yoki qog'oz sochiq bilan quruq bo'guncha artish;
- yuvintirgandan so'ng bolani darhol kiyintirmaslik, axir havo vannalari - taglik toshmalari bilan kurashning a'lo usuli;
- terining himoyalash xususiyatlarini kuchaytirish va yaralar bitishini tezlashtirish uchun teri burmalariga maxsus krem yoki malham surish.
Maqbul parvarishda taglik toshmalari paydo bo'lishining sababi kiyim, tagliklar, kosmetik vositalar - bola kiyimlari uchun kir yuvish kukuni, sovun, gel, kremlarning past sifatida yashirinishi mumkin. Bola uchun kiyimni tabiiy matolardan, mayin terini qirmasliklari uchun choklari tashqariga qaragan bo'lganini tanlagan yaxshiroq. Har safar tagliklarni almashtirganda toza quruq teriga surishga tavsiya beriladigan maxsus vositani taglik toshmalar profilaktikasi uchun ishlatish mumkin.
Yo'r'gak toshmalarini davolashni birinchi belgilar paydo bo'lganda boshlagan yaxshiroq. Agar teri yuzasida yallig'lanishdan suyuqlik hosil bo'lsa, yuvinish suviga quritadigan o'tlar (eman po'stlog'i, ittikanak, moychechak) damlamalarini qo'shib ko'rish mumkin. O'tlar bilan cho'miltirish yallig'lanishni va teri yuzasida namlik yig'ilib qolishini kamaytiradi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, o'tlar allergik reaksiyalar sababi bo'lib qolishi mumkin, shuning uchun cho'miltirishdan oldin test o'tkazish zarur - damlamani terining katta bo'lmagan qismiga surtib ko'rish.
Bola terisi parvarishi uchun terini quritadigan spirt saqlaydigan preparatlarni (losyon, yod, brilliant ko'ki) katta ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak - ba'zi bolalarda ular kuyish chaqiradi. Shikastlangan sohada xushbo'y kukunlar ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Teri quruqligida namlantiruvchi vositalardan foydalanish zarur. Ular oson singadi va profilaktika uchun to'g'ri keladi, yog'li malhamlar esa namlikni saqlashga imkon beradigan qoplam hosil qiladi.
Taglik toshmalarini davolash uchun muqobil vosita - Bepanten Malhami. Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiradigan dekspantenol (yoki provitamin B5) va lanolinning yuqori konsentratsiyasiga (250mg/ml)1 asoslangan. Lanolin terining yuzasida ishonchli himoya qatlamini hosil qiladi, bu bilan uning namlik va boshqa bezovta qiluvchi omillar bilan aloqada bo'lishiga yo'l qo'ymaydi, va shu bilan birga terining nafas olishini5 saqlab turadi. Provitamin B5 terining chuqur qavatlariga kirib boradi va pantoten kislotasiga aylanadi, u esa moddalar almashinuvini va hujayralar bo'linishini, ya'ni terining yangilanishi va tiklanishini rag'batlantiradi. Shuningdek pantoten kislotasi kollagen tolalarinining chidamliligini oshirib ularni mustahkamlaydi, bu go'dakning mayin terisi uchun juda muhim.6.
Bepanten malhami tarkibida konservantlar va parabenlar saqlamaydi, shuning uchun bolaga tug'ilganidan to'g'ri keladi. Gipoallergen tarkibi bu vositani hattoki muddatidan erta tug'ilgan bolalarning2,3 zaif terisida qo'llashga imkon beradi.2,3.
O'zining quyuq konsistensiyasi hisobiga malhamlar kremlarga nisbatan uzoqroq singadi, shuning uchun ular yanada uzoqroq va yaqqol ta'sir ko'rsatadi. Bepanten Malhaminidan foydalanish taglik toshmalarini davolashda, yallig'lanishni yengishga va tabiiy ravishda terini tiklashga yordam beradi. Bepanten malhamini muntazam ishlatish mumkin - masalan, har safar tagliklarni2,3almashtirganda.
Asoratlarni davolash2-4
Vosita to'gri tanlanganlik sharti bilan, taglik toshma odatda 1-2 kunda yo'qoladi. Agar o'tkir holat o'tib ketmayotgan va alomatlat kuchayotgan bo'lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak. Ehtimol, gap faqat oddiy taglik dermatiti haqida ketmayotgandir, boshqa kasallik, yoki toshmalar infeksiya bilan asoratlangan va maxsus dori preparati buyurish kerak.
Yuqumli asoratlarni davolash usullari qo'zg'atuvchi va og'irlik darajasiga bog'liq. Yuqorida keltirilgan gigiyena qoidalariga rioya qilishdan tashqari qo'zg'atuvchiga qarshi maxsus terapiya talab qilinadi: bakterial asoratlarda - antibiotiklar, zamburug'larda - zamburug'ga qarshi vositalar. Ular odatda tashqi qo'llash ushun buyuriladi, lekin kasallik og'ir kechishida tabletkalar yoki inyeksiyalar talab qilinishi mumkin. Yiringchalarga antiseptik bilan ishlov berish tavsiya qilinadi - masalan, brilliant yashilining suvli eritmasi (aytib o'tilgandek, spirt saqlaydigan preparatlardan foydalanmagan ma'qul). Kuchli yallig'lanishda gormonal malhamlar buyurilishi mumkin.
Tajribali shifokor yallig'langan terining tashqi ko'rinishidan sababini aniqlaydi - bakteriyalar yoki zamburug', va tegishli davoga ko'rsatma beradi. Ba'zida, preparatni to'g'ri tanlash uchun shifokor teri yuzasidan surtma oladi, keyin laboratoriyada shu bo'yicha infeksiya qo'zg'atuvchisini, shuningdek dorilarga sezuvchanlikni aniqlashadi.
Shuni tushunish muhimki, taglik toshmalari hattoki sog'lom bolalarda ham to'g'ri parvarishda paydo bo'lishi mumkin - emizikli bolalarning teri tuzilishi fiziologik xususiyatlari ularning hosil bo'lishiga moyillik tug'diradi. Taglik dermatining xavfini kamaytirish uchun taglik toshmalari paydo bo'lish sabablarini bartaraf qilish zarur: birinchi navbatda -gigiyena qoidalariga rioya qilish va parvarish uchun to'g'ri keladigan xavfsiz vositalarni tanlash.
1. 1 g malham tarkibida 250 mg lanolin bor
2. Vasilevskiy I.V. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va emizikli yoshdagi bolalarda teri parvarishini optimallashtirish // Xalqaro sharhlar: klinik praktika va salomatlik. - 2015. - №1. -5-18 b.
3. Zaxarova I.N., Pshenichnikova I.I., Machneva Ye.B. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda terini to'g'ri parvarishlash: pediatr nimalarni bilishi kerak. Consilium Medicum. Pediatriya (Ilova). 2016; 1.
4. Kruglova L.S., Jukova O.V. Taglik dermatitida profilaktik chora-tadbirlar // Klinik dermatologiya va venerologiya. - 2014. - №3. – 77-81 b.
5. Asos tarkibida yordamchi komponent
6. Ebner F., Heller A, Rippke F, Tausch I. Topical use of dexpanthenol in skin disorders. Am J Clin Dermatol. 2002;3(6):427-33.