Nega jarohatlar bitmaydi?

Mundarija:

  • Jarohatlar bitishi tezligiga nima ta'sir qiladi?
  • Jarohatlar bitishini qanday tezlashtirish mumkin?
Nega jarohatlar bitmaydi?

Odatda terining har qanday jarohati 4 bosqichda o'tadi: qon ketishining to'xtatishi, infeksiyaga qarshi kurashib yallig'lanish, yangi hujayralar paydo bo'lishi va terining qayta tiklanishi. Biroq bu jarayonlar ko'pgina omillar tomonidan buzilishi mumkin. Bunday vaziyatda ko'pnicha yallig'lanish davri, cho'zilib ketadi va jarohat bitmaydi1.

Jarohatlar bitishi tezligiga nima ta'sir qiladi?

To'qimalar bitishiga ta'sir qiladigan omillarning barchasini mahalliy va tizimliga bo'lishadi. Mahalliy omillar bevosita jarohatdagi jarayonlarga ta'sir qiladi. Bu, birinchidan, kislorodning yetarlicha yetkazilishi, bu esa hujayradagi barcha jarayonlar uchun muhim. Ikkinchidan, bitishni sekinlashtirishi mumkin bo'lgan infeksiya. Tabiiy himoya to'sig'i buzilganda, to'qimaga infeksiya chaqiradigan mikroorganizmlar tushadi. Yallig'lanish - normal jarayon, u tufayli ta na mikroblardan qutiladi. Lekin jarohatni yaxshi dezinfeksiya qilishmagan bo'lsa, yallig'lanish cho'zilib ketadi1.

Nega jarohatlar bitmaydi?

To'qimalarning tiklanishiga ta'sir qiladigan boshqa omillar odamning o'ziga bog'liq:

  • Yosh. 85% hollarda surunkali jarohatlar 65 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Yosh o'tgan sari yallig'lanish kam faol kechadi, epiteliylashish va kollagen sintezi sekinlashadi11;
  • Jins. O'tkir jarohatlar erkaklarda ayollarga qaraganda sekinroq bitadi. Ayol gormonlari to'qimalar qayta tiklanishiga yordam beradi, erkaklarniki esa aksi.
  • Stress. U tananing immun javobini susaytiradi va yallig'lanish davrini cho'zadi;
  • Diabet barcha tiklanish mexanizmlarini buzadi: qon tomirlar shikastlangani tufayli hujayralar kamroq kislorod qabul qiladi, yallig'lanish agentlarining ishlab chiqarilishi kamayadi, terining qayta tiklanishi sekinlashadi;
  • Dorilar, masalan, glyukokortikosteroidlar, yallig'lanishga qarshi nosteroid vositalar va ximioterapiya uchun preparatlar, to'qimalar tiklanishini to'xtatib turadi;
  • Semizlik jarohatlar bitishiga infeksiyaning mahalliy darajasidagi (jarohat chetlarining to'g'ri kelmasligi, shishlarga moyillik, doimiy infeksiya mavjudligi) ka'bi salbiy ta'sir qiladi;
  • Ovqatlanish ham hujayradagi jarayonlarga ta'sir qiladi. Vitaminlar A, E, C, omega-3 kislotasi tanqisligida kesilish va shilinishlar sekinroq bitadi;
  • Chekish. Chekuvchilarda infeksiya rivojlanishi, chandiqlar hosil bo'lishi, nekroz va boshqa asoratlarning xavfi yuqoriroq.

Jarohatlar bitishini qanday tezlashtirish mumkin?

Jarohat normal bitishining asosiy sharti - sog'lom turmush tarzi, jiddiy kasalliklar yo'qligi va jarohatga to'g'ri ishlov berish.

 

Bepanten Plyus

Infeksiyaning oldini olish uchun jarohatlangan qismni darhol antiseptik yoki toza suv bilan yuvish kerak. Yuqish xavfi yoki infeksiyalanganlikning aniq belgilari (og'riq, yiring, yallig'lanish maydoning kattalashishi) paydo bo'lganda, antibakterial vositalarga o'tish zarur: malhamlar va kukunlar. Albatta, bunday vaziyatda preparatning o'zini va davolash sxemasini shifokor buyuradisup>2.

Hujayralar bo'linishi bosqichida dekspantenolli jarohatni bitiradigan vositalar yordam beradi, masalan, Bepanten. Dekspantenol ko'p jarayonlarni boshqaradi3:

  • teri namlikni saqlab qolishida yordam beradi;
  • fibroblastlar - teri karkasini hosil qilishda yordam beradigan biriktiruvchi to'qima hujayralari sintezini faollashtiradi;
  • jarohat bitayotganda paydo bo'ladigan qichishish va bezovtalikni yengillashtiradi.

Bepanten Plyus kremi tarkibida dekspantenoldan tashqari infeksiyadan himoyani kuchaytiradigan xlorgeksidin antiseptiki bor.

Asosi dekspantenol bo'lgan krem va malhamlar kam sondagi nojo'ya ta'sirlarga ega, qichishish va allergiya paydo bo'lish xavfi juda kichik. Lekin qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish va Bepanten Plyus yo'riqnomasini o'rganib chiqqan yaxshiroq.