Bepanten homiladorlikdan oldin va homiladorlik vaqtida

Homiladorlik vaqtida teri sezuvchanligi

Homiladorlik vaqtida ayol tanasi o'zgaradi, umurtqa pog'onasiga yuk oshib boradi, teri cho'ziladi, uning holatiga nafaqat qorinning katalashishi va vazn oshishi, balki gormonal fon o'zgarishi ham o'z asoratini qoldiradi1. Tanani qomatda saqlashda muqobil jismoniy zo'riqish, ovqat yeyish va suv ichish tartibini a'lo tuzish2, shuningdek homiladorlik vaqtida va undan keyin Bepanten kremi bilan terini to'g'ri parvarishlash yordam beradi3

Homiladorlik davrida terining sezuvchanligi

Homiladorlik davrida terining sezuvchanligi

Homiladorlik davrida teri juda sezuvchan bo'lib qoladi. Ko'pincha ayollar quruqlik va tortilganlik, sho'ralash, qichishish, sellyulit, cho'zilish belgilari namoyon bo'lishiga shikoyat qilishadi. Gormonlarning faol ishlab chiqarilishiga ta'sir ko'rsatib bo'lmaydi, lekin ularning ta'sirini kamaytirishga ma'lum qoidalar yordam beradi. Zarur1,2:
 

  • to'g'ri quyosh nurlari ostida bo'lishni cheklash;
  • piling va oqartirish muolajalarini mustasno qilish;
  • bo'lajak ona va bola uchun xavfsiz bo'lgan krem va malhamlardan foydalanish.

Homiladorlikda barcha narsada g'amxo'rlikni sezishni xohlaysan, Bepanten esa darhol uni birinchi qo'llagandan keyinoq shikastlangan teri haqida g'amxo'rlik qiladi. Bepanten Krem homiladorlik davrida qo'llanilishiga qarshi ko'rsatma yo'q, shuning uchun undan hattoki eng sezuvchan terini parvarishlashda ham foydalanish mumkin3.

Homiladorlik vaqtida teri cho'zilishlari

Teri sezuvchanligining oshishi bilan bog'liq ko'p oqibatlar vaqtinchalikdir, lekin cho'zilishlar kabi o'zgarishlar bir umrga qoladi1

Cho'zilishlar, yoki tibbiy terminologiyada - striyalar, homiladorlik vaqtida terida u qayerda eng ko'p cho'zilsa, o'sha joylarda paydo bo'ladi. Xavf ostidagilar - qorin, sonlar, ko'krak va bel. Teri o'z elastikligini yo'qotadi va hajm oshganda, uning yirtilishi sodir bo'ladi. Yirtilish joyi biriktiruvchi to'qima bilan to'ldiriladi, unda qon tomirlar ko'p bo'ladi, shuning uchun chandiq odatda qizil-binafsharang tusga ega. Vaqt o'tishi bilan qon tomirlardan ketadi, va biriktiruvchi to'qima ochlashadi, kumushrang chiziqlar qoldiradi1,2

Striyalar jismoniy salomatlikka zarar keltirmaydi, lekin kosmetik muammo sifatida egasiga qator muammolar yaratishi mumkin, shuning uchun ular bilan ular paydo bo'lishidan ancha oldin kurashish kerak1. Cho'zilishlar profilaktikasi uchun terining tarrangligini oshiradigan maxsus kremlar ishlatishadi1,2. Bundan tashqari, mutaxassislarning ba'zi maslahatlariga rioya qilish kerak2:

  • kunlik ovqatlanish tartibiga terining elastikligini oshiradigan maxsulotlarni qo'shgan yaxshi - mol go'shti, baliq va dengiz maxsulotlari, yong'oqlar, brokkoli karami, oshqovoq va sabzi;
  • ko'proq suv ichish, chunki terining tarrangligi to'g'ri suv muvozanati bilan ta'minlanadi;
  • jismoniy mashg'ulotlarni esdan chiqarmaslik, ular teri qoplamlaridagi qon aylanishini yaxshilaydi, lekin tana holatini hisobga olhan holda yengil zo'riqishlarni tanlash kerak - suzish2,yoga, pilates4;
  • ovqatlanishni nazorat ostiga olish - cho'zilishlar tana vaznining keskin o'zgarishida paydo bo'ladi;
  • tabbiy tolalardan bo'lgan cho'tka bilan massaj qilish - bu terida qon aylanishi va uning elastikligini yaxshilaydi2,3.

1.Goldsmit LA. Fitspatrik dermatologiyasi klinik amaliyotda 3 jildda. M., Panfilov nashrioyt uyi. 2018. 2 - jild. 1216b.

2. Makatsariya A.D., Kuznesov S.V. Ona va go'dak. - M.: OLMA-PRESS Invest, 2006. - 544b.

3.Kotlukov V.K., Kuzmenko L.G., Antipova N.V. Pediatr amaliyotida «Bepanten» seriyasi tashqi dermatologik vositalari. Tibbiy maslahat. 2012. № 5. 81-85b.

4. Guseva O.A., Sivas N.V. Homiladorlik va tug'ruq ijobiy kechishi uchun homiladorlarni jismoniy tarbiya vositalari va usullari yordamida tayyorlash uslubi // I.P. Pavlov nomidagi SPbDTU O'quv eslatmalari Том XIX, № 3, 2010. 90-91 b.